Ma’lumotnoma

Qavslar va amallar tartibi

Excel matematikadagi kabi amallar tartibiga amal qiladi. Tartibni o‘zgartirish uchun qavslar ishlatiladi.

Amallar tartibi

Avval qavs ichidagilar, keyin daraja (^), so‘ng ko‘paytirish va bo‘lish (* /), eng oxirida qo‘shish va ayirish (+ -).

Farqni ko‘ring

=2+3*4 natijasi 14 (avval 3×4). =(2+3)*4 natijasi esa 20 (avval 2+3). Bitta qavs natijani butunlay o‘zgartiradi.

Amaliy misol

Ikki son o‘rtachasi: =(A2+B2)/2. Qavssiz =A2+B2/2 yozsangiz, faqat B2 ikkiga bo‘linadi va natija xato bo‘ladi.

Misol

ABC
1ABNatija
2510=(A2+B2)/2

Formula:

=(A2+B2)/2

→ natija: 7.5

Simulyatorda sinab ko‘ring

C2 ga =(A2+B2)/2, C3 ga esa qavssiz =A3+B3/2 yozing va natijalarni solishtiring.

Книга1 - Excel
—☐✕
Буфер обмена
Calibri ▾11 ▾
Шрифт
Выравнивание
Общий ▾
Число
Стили
Ячейки
Редактирование
✕✓fx
ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWX
1ABNatija
2510
384
4
5
6
7
8
9
10
Лист1
Готово
−
+100%
Oldingi

15 / 16