Ma’lumotnoma

Funksiyalar

Funksiya — Excel’ga oldindan o‘rnatilgan tayyor formula. U murakkab hisobni bitta qisqa so‘z bilan bajaradi.

Funksiya tuzilishi

=NOM(argumentlar). Masalan, =SUM(B2:B5): SUM — funksiya nomi, B2:B5 — argument. Bir nechta argument vergul (rus Excel’ida nuqtali vergul) bilan ajratiladi.

Eng kerakli funksiyalar

SUM — yig‘indi, AVERAGE — o‘rtacha, MAX va MIN — eng katta va eng kichik, COUNT — sonlar soni, IF — shartli natija, VLOOKUP — jadvaldan qidirish.

Funksiya yozish

= va funksiya nomining boshini yozing — Excel ro‘yxat taklif qiladi, Tab bilan tanlang. Ochilgan qavsdan keyin argumentlar ko‘rsatmasi chiqadi.

Simulyatorda sinab ko‘ring

B6 ga =AVERAGE(B2:B5), B7 ga =MAX(B2:B5) yozing. A6 va A7 ga mos nomlarni yozib qo‘ying.

Книга1 - Excel
—☐✕
Буфер обмена
Calibri ▾11 ▾
Шрифт
Выравнивание
Общий ▾
Число
Стили
Ячейки
Редактирование
✕✓fx
ABCDEFGHIJKLMNOPQRSTUVWX
1TalabaBall
2Aziz78
3Dilnoza92
4Jasur55
5Malika67
6
7
8
9
10
Лист1
Готово
−
+100%
Oldingi

16 / 16