Qator va ustun qo‘shish
Jadval o‘rtasiga yangi ma’lumot kiritish uchun qator yoki ustun qo‘shiladi — mavjud ma’lumotlar pastga yoki o‘ngga suriladi.
Qator qo‘shish
Qatorni belgilang (Shift+Space) va Ctrl+Shift++ bosing. Yangi bo‘sh qator tanlangan qatorning ustiga qo‘shiladi.
Ustun qo‘shish
Ustunni belgilang (Ctrl+Space) va Ctrl+Shift++ bosing — yangi ustun chap tomonda paydo bo‘ladi.
Kontekst menyu
Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib «Вставить / Insert» buyrug‘ini tanlash ham mumkin. Formulalardagi havolalar avtomatik yangilanadi.
Simulyatorda sinab ko‘ring
3-qatorni belgilang (A3 da turib Shift+Space) va Ctrl+Shift++ bosing. Bo‘sh qatorga yangi mahsulot yozing.
| A | B | C | D | E | F | G | H | I | J | K | L | M | N | O | P | Q | R | S | T | U | V | W | X | |
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | Mahsulot | Soni | Narx | Summa | ||||||||||||||||||||
| 2 | Non | 3 | 4000 | |||||||||||||||||||||
| 3 | Sut | 2 | 12000 | |||||||||||||||||||||
| 4 | Tuxum | 10 | 1500 | |||||||||||||||||||||
| 5 | Choy | 1 | 25000 | |||||||||||||||||||||
| 6 | ||||||||||||||||||||||||
| 7 | ||||||||||||||||||||||||
| 8 | ||||||||||||||||||||||||
| 9 | ||||||||||||||||||||||||
| 10 |